Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shimoliy Koreya yangi mudofaa vazirini tayinladi

Shimoliy Koreya yangi mudofaa vazirini tayinladi

No Gvan Chxol KXDR 14-Oliy xalq assambleyasi (XXQ) 11-sessiyasida yangi mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KSNA) xabar berdi.

7 oktyabrdan boshlab ikki kun davom etgan sessiya kun tartibidagi beshinchi masala sifatida kadrlar tayinlanishi ko‘rib chiqildi.

KSNA shuningdek, Li Man Su davlat qurilish nazorati vaziri, Kim Sung Bin esa Davlat fan va texnologiya qo‘mitasi raisi bo‘lganini ta’kidlaydi.

Bungacha KXDR mudofaa vazirligini Kan Sun Nam boshqargan.

Kiritildi: Bugun 09:16. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!