Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Shimoliy Koreya Ukrainaga askar yubordimi?

 Shimoliy Koreya Ukrainaga askar yubordimi?

Shimoliy Koreya harbiy muhandislari haqiqiy jangovar tajriba orttirish uchun Ukrainaga yuborildi. Bu haqda The Guardian Ukrainadagi manbalariga tayanib yozdi.

Rossiya safida «Shimoliy Koreyaning KN-23 ballistik raketalarini uchirish moslamalarini qo‘llab-quvvatlovchi» jamoalarda o‘nlab shimoliy koreyaliklar turibdi, deb yozadi gazeta nomi oshkor etilmagan manbaning so‘zlariga ko‘ra.

Ekspertlarning fikricha, koreyalik muhandislarning Ukrainada bo‘lishi ehtimoli KXDR rahbariyatining haqiqiy jangovar tajribaga ega bo‘lish istagi bilan bog‘liq.

«Rossiyani ko‘plab snaryadlar va raketalar bilan ta’minlagan Shimoliy Koreya uchun har xil turdagi qurollardan foydalanishni o‘rganish va haqiqiy jangovar tajribaga ega bo‘lish juda muhim», dedi Lim Eul-Chul, Uzoq Sharq tadqiqotlari instituti professori.

KN--23 Shimoliy Koreyaning ballistik raketasi bo‘lib, birinchi marta 2019 yilda sinovdan o‘tkazilgan. U 500 kg jangovar kallak bilan taxminan 450 km masofani bosib o‘tishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 23:58 11.10.2024. O'qildi: 2229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!