Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qancha foyda olgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qancha foyda olgani ma’lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan 20 milliard dollardan ortiq foyda oldi, deb xabar bermoqda Newsweek

Nashr bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa tadqiqotlari instituti (KIDA) hisobotiga tayanib xabar bermoqda.

KXDR asosan Rossiyaga o‘q-dorilar yetkazib berish orqali daromad ko‘rgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya hukumati Rossiya tomonida jang qilish uchun o‘z harbiylarini yuborayotgani va Moskvaga texnik yordam ko‘rsatayotgani aytilgan.

KIDA hisobotiga ko‘ra, Pxenyan buning evaziga Moskvadan yuqori texnologiyali qurollar olayotgan bo‘lishi mumkin.

Reuters va Britaniyaning Open Source Center tahlilchilari so‘nggi 20 oy ichida KXDRdan Rossiyaga 64 marta o‘q-dori yetkazib berilganini aniqlagan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yetkazib berish jarayonida 4 milliondan 6 milliongacha snaryad tashilgan.

Open Source Center ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Rossiya harbiylari foydalanayotgan o‘q-dorilarning qariyb 50 foizi KXDRdan keltirilgan.

Kiritildi: 09:48 17.04.2025. O'qildi: 1510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!