Shimoliy Koreya Milliy assambleyasi yetakchi Kim Chen Inning milliy maqsad sifatida Janubiy Koreya bilan birlashishdan voz kechish chaqirig‘iga muvofiq mamlakatning 1972 yilgi konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat matbuoti xabar berdi.
15-oktabr kuni harbiylar Janubiy Koreyaga olib boruvchi avtomobil va temir yo‘l uchastkalarini portlatib yubordi. Endilikda bu yo‘llar Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyadan «hududini bosqichma-bosqich to‘liq ajratish» doirasida butunlay to‘sib qo‘yilgan.
Bunga javoban Janubiy Koreya birlashma vazirligi KXDR konstitusiyasi va «dushman davlat» maqomi o‘zgartirilganini qoraladi. Seul tinch yo‘l bilan birlashishga qaratilgan sa’y-harakatlaridan qaytmasligini aytdi.