KXDR "Chxve Xyon" esminesining jangovar imkoniyatlarini tekshirish maqsadida strategik qanotli va kemaga qarshi raketalarni uchirdi. Sinovlarni shaxsan Kim Chen In kuzatib bordi.
Mashg‘ulotlar davomida ikkita strategik qanotli va uchta kemaga qarshi raketa uchirilib, ular mamlakat g‘arbiy sohilidagi nishonlarni yuqori aniqlikda urib tushirgan. Kim Chen In yadroviy tiyib turish salohiyatini kuchaytirish eng ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Pxenyan har yili ikkitadan shu turdagi yoki undan ilg‘orroq harbiy kemalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Hozirda uchinchi va to‘rtinchi esmineslarni qurishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.