Shimoliy Koreya televideniyesi mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning "qurol uchun mo‘ljallangan atom materiali ishlab chiqarish bazasi"ga tashrifi aks etgan kadrlarni chop etdi. Kim uran qanday boyitilishi va yadro kallaklarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mamlakat rahbari Shimoliy Koreya "o‘zini himoya qilish uchun yadroviy qurol ishlab chiqarishni eksponent ravishda oshirish" uchun sentrifugalar sonini ko‘paytirishi kerakligini ta’kidladi.
Shimoliy Koreya birinchi marta yadro sinovlarini 2006 yilda o‘tkazgan. Raketa va yadro dasturlari tufayli hozirda bu davlat BMT sanksiyalari ostida.