Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shifokorlar har 5 yilda majburiy attestasiyadan o‘tadi

Shifokorlar har 5 yilda majburiy attestasiyadan o‘tadi

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot OTMlarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

✅ Shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (Markaz) etib qayta tashkil etiladi;

? Toshkent shahridagi 1-son Respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasi tuziladi;

? tibbiyot OTMlari mavjud bo‘lmagan hududlarda (Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida) hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallari ochiladi;

Markazda xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv-simulyasion markazi tashkil qilinadi.

✅ 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

? shifokorlar uchun har 5 yilda malaka toifasini olish bo‘yicha majburiy attestasiyadan o‘tish tartibi kiritiladi hamda attestasiyani onlayn tartibda audio va videokuzatuv ostida tashkil etish tizimi joriy etiladi;

? birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish uchun to‘lov bekor qilinadi.

Kiritildi: 14:04 08.04.2020. O'qildi: 2576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!