Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Shevrolet Optra” va 8 ta “Opel” vaqtincha saqlovga olindi

A A A
“Shevrolet Optra” va 8 ta “Opel” vaqtincha saqlovga olindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari 8 holatda 8 ta “Opel” rusumli yengil avtomashinani hujjatlardan aldov yo‘li bilan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtda to‘xtatib qoldi.

Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohro‘z O‘ralov xabar berdi.

Shuningdek, uning aytishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy davlatdan ro‘yxatdan o‘tgan avtomashinalarni mazkur davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishida ularni qayta olib chiqish majburiyati rasmiylashtirilib, mamlakatimizda bo‘lish muddati bir yilda 90 kalendar kun etib belgilangan. Ushbu muddat tugagach, O‘zbekistondan chiqib ketmagan har bir kun uchun belgilangan tartibda jarima undiriladi. Biroq ayrim “uddaburonlar” ushbu tartibni aylanib o‘tib, bojxona xodimlarini chalg‘itishga urinadi. Jumladan, olib borilgan tezkor tadbirlar chog‘ida yana bir holatda avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatiga asosan xorijiy davlatda ro‘yxatga olingan, ammo O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi muddatiga 317 kun o‘tib ketgan “Shevrolet Optra” rusumli yengil avtomashinasi fuqaro Orziqul Boyev (ism-sharif o‘zgartirildi)ning xonadonida saqlab kelinayotgani aniqlandi.

Ayni paytda avtomashinalar vaqtincha saqlovga olinib, bojxona organlari tekshiruv harakatlarini amalga oshirmoqda.

Kiritildi: 06:08 31.03.2024. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!