Alimov Usmon Ibrohimovich Sherobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U. Alimov 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich sog‘ligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.