Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shenchjen osmono‘par binolar soni bo‘yicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi

Shenchjen osmono‘par binolar soni bo‘yicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi

Xitoyning janubiy qismida joylashgan Shenchjen shahri (Guandun provinsiyasi) osmono‘par binolar soni bo‘yicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo miqyosida Gonkongdan keyin ikkinchi o‘rinni zabt etdi.

Baland binolar va shahar muhiti bo‘yicha xalqaro kengash ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Xabarga ko‘ra, qirq yil oldin baliqchilik bilan shug‘ullungan qishloq bo‘lgan Shenchjen shahrida hozirda balandligi 150 metr (o‘rtacha qirq qavat) va undan yuqori bo‘lgan 289 ta shisha va betondan qurilgan minoralar ro‘yxatdan o‘tgan. Amerikaning eng yirik shahri bo‘lgan Nyu-Yorkda esa ularning soni 283 tani tashkil etadi.

Ushbu reytingdagi birinchi o‘rinni 354 ta osmono‘par binolari bilan Gonkong egallab turibdi. Beshta yetakchiga esa Dubay (202) va Shanxay (165) ham kiritilgan.

Osmono‘par binolarining soni bo‘yicha tuzilgan mamlakatlar reytingida esa Xitoy 2204 ta bino bilan yetakchiga aylangan. Uning darajasi Amerika Qo‘shma Shtatlaridan deyarli uch baravar ko‘p (808) bo‘lib, undan keyingi pog‘onalarda Yaponiya (259), Birlashgan Arab Amirliklari (255) va Koreya Respublikasi (231) qayd etilgan.

Kiritildi: 20:24 26.09.2020. O'qildi: 2372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!