Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shayxontohur tumanida 4 ta uy yonib ketdi

Shayxontohur tumanida 4 ta uy yonib ketdi

22 avgust kuni soat 02:50da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Huvaydo” MFYda joylashgan 31, 51, 33 va 42-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston YOXX matbuot markazi xabar bermoqda.

Voqea joyiga 5ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 02:58da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:11da qurshab olingan va 03:42da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagani xabar qilinmoqda.

Yong‘in oqibatida 31, 51, 33 va 42-uylarning 20, 65, 40 va 25 kv.metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan.

Yong‘inni qisqa vaqtda tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Yong‘indan uylarning jami 550 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 15:17 22.08.2019. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!