Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Sent-Luisdagi musobaqada 4-o‘rinni egalladi va 20 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Sent-Luisdagi musobaqada 4-o‘rinni egalladi va 20 ming dollarni qo‘lga kiritdi

AQShning Sent-Luis shahrida shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlarini o‘zida jamlagan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

10 nafar shaxmatchi ishtirok etgan turnirga hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham taklif etilgan edi.

Dastlab sportchilar rapid yo‘nalishida (25+10) o‘zaro bir martadan to‘qnash kelishdi. O‘zbekistonlik shaxmatchi unda 9 ochko jamg‘arib, jadvalda 7-o‘rinni egalladi (g‘alaba uchun 2, durang uchun 1 ochko berildi).

"Blis" (5+2)da esa shaxmatchilar o‘zaro 2 martadan bahslarda ishtirok etishdi. Bu yo‘nalishda Nodirbek 11,5 ochko bilan peshqadam bo‘ldi (g‘alaba uchun 1 ochko, durang uchun 0,5 ochko).

Yakuniy jadvalda esa Abdusattorov 20,5 ochko bilan 4-pog‘onani band etdi.

AQShlik Levon Aronian musobaqa g‘olibiga aylandi — 24 ochko (13 + 11,5)

Fabiano Karuana rapidda 1-o‘rinni egallaganiga qaramasdan, blis bahslarida 18 turdan bor yo‘gi 7.5 ochko to‘pladi (blisda 8-o‘rin) va umumiy jadvalda 2-o‘rinni egalladi.

Fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav Nodirbekni 0.5 ochko ortda qoldirib 3-o‘rinni band etdi.

Mukofot jamg‘armasi taqsimoti:

1. Levon Aronian — 40 000$
2. Fabiano Karuana — 30 000$
3. Maksim Vashe-Lagrav — 25 000$
4. Nodirbek Abdusattorov — 20 000$
5. Uesli So — 15 000$
6. Liyem Le — 11 000$
7. Gukesh Dommaraju — 10 000$
8. Leniyer Dominges Perez — 9 000$
9. Grigoriy Oparin — 8 000$
10. Sem Shankland — 7 500$.

Kiritildi: 22:02 16.08.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!