Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovga (18-0) asosiy da’vogarlardan biri aniqlandi. Bu haqda Kazinform xabar bermoqda.
Bu yil 30 iyunda AQSH-ning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 303 turniriga yana bir jang qo‘shildi. Xususan, yarim o‘rta vazn toifasida britaniyalik Maykl Peyj (22−2) va irlandiyalik Yan Garri (14−0) jang qiladi.
Avvalroq Rahmonov Peyj uning keyingi raqibi bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
“O‘ylashimcha, keyingi raqibim Maddalena bo‘ladi. Biroq nomzodlar orasida Peyj ham bor. Men uchun kim bilan jang qilishim muhim emas, asosiysi chempionlik uchun kurashga tezroq yetib borish”, - dedi u.
Biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, Shavkatning navbatdagi raqibi avstraliyalik Jek Della Maddalena bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Maddalena shu yil 10 martda Mayamida (AQSH, Florida) bo‘lib o‘tgan UFC 299 turnirida braziliyalik Gilbert Bernsni (22-7) mag‘lub etganidan keyin Rahmonovni jangga taklif qilgan edi.