Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi kutilmoqda​

A A A
Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi kutilmoqda​

Turkmaniston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda mahalliy turkman nashrlari xabar beradi.

«Sammitni yuqori darajada o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. «Avaza» milliy turistik zonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan sammit 24 avgust kuni o‘z ishini boshlaydi», deyiladi xabarlarda.

Shuningdek, sammit doirasida jamg‘armaning Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiya, Suv xo‘jaligi ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiya ham ish olib borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, Turkmaniston prezidentini tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod et​gandi. Suhbatda Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni joriy yil avgust oyida Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etishga taklif qilgandi. ​

Manba: kun.uz

Kiritildi: 04:47 19.08.2018. O'qildi: 1458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik