Kecha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida ma’lumot berdi. Prezidentimizning nevarasiga ham Shavkatjon deb ism qo‘yishdi.
"Fikrat.uz" telegram kanali shu fursatdan foydalanib prezidentlar va ularning adash avlodlari haqida ma’lumot berdi.
Marhum Islom Karimovning ham adash nabirasi bor. Kichik Islom Karimov hozirda 28 yoshda.
AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp katta o‘g‘li bilan adash — Donald Tramp kichkina. Eng qizig‘i, uning o‘g‘lining ismi ham Donald Tramp.
AQShning 41-prezidenti Jorj Bush o‘g‘lining ismi ham Jorj Bush. Kichik Jorj Bush esa AQShning 43-prezidenti.
Tarixda ham adash hukmdorlar ko‘p bo‘lgan. Masalan, Sulton Sulaymonning otasining ismi Selim bo‘lgan, 3-o‘g‘lining ham ismi Selim bo‘lgan. Ikkalalari ham Usmoniylar imperiyasi sultoni bo‘lishgan.