Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan Qozog‘istondagi voqealar va Markaziy Osiyodagi vaziyat to‘g‘risida suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan Qozog‘istondagi voqealar va Markaziy Osiyodagi vaziyat to‘g‘risida suhbatlashdi

13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Oliy darajada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Turli darajalardagi delegasiyalarning o‘zaro tashriflari faollashgan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshgan.

Hududlararo yo‘nalishda, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar faol rivojlanmoqda.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish muhim ekanini qayd etdilar.

Yaqinda Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Qozog‘iston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Kiritildi: 16:04 13.01.2022. O'qildi: 2464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!