Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Armaniston hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi.

Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Kiritildi: 13:23 12.07.2023. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!