Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashdi

Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashdi

Davlat rahbarlari kooperasiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kiritildi: Bugun 00:31. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!