Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan prezident Mas’ud Pizishkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

O‘zbekiston prezidenti vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

26 aprel, shanba kuni Eron janubidagi Bandar-Abbos shahri hududidagi Shahid-Rajoiy portida kuchli portlash ro‘y berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 1139 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

IRNA xabariga ko‘ra, yana olti kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, yaralanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda.

Mamlakat rasmiylari portlagan konteynerlarda aynan nima bo‘lganini ochiqlamayapti. New York Times nashrining Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador manbasi portda perxlorat natriy solingan konteynerlar portlaganini aytgan. Bu modda qattiq raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarishda qo‘llanadi.

Kiritildi: 00:36 28.04.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!