Prezident Shavkat Mirziyoyev "Bxaratiya janata parti" hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston Respublikasining Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbarining maktubida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tirilishiga ishonch bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston tarixida ikkinchi marta ayol kishi mamlakat prezidentligiga saylandi