Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim bo‘yicha konferensiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Chexiya an’anaviy ravishda mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni 3 barobar ko‘paydi.

Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperasiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 15:26 13.11.2024. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!