Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida qatnashish uchun Qozonga boradi

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida qatnashish uchun Qozonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24 oktyabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan "BRIKS plyus" formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.

“Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.a

BRIKS birlashmasi 2006 yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.

Kiritildi: 22:01 22.10.2024. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!