Bu haqda Qirg‘iziston TIV o‘rinbosari Aybek Ortiqbayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezidentlar qator hujjatlar jumladan, ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishni soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni imzolaydi.
Shuningdek, Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi bo‘ylab ratifikasiya yorliqlari almashishi kutilmoqda. Shu bilan Bishkek va Toshkent o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish masalasi yopiladi.
Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni Bishkekda YEOII sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston kuzatuvchi davlatdir.