Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev 2023 yil nomini e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev 2023 yil nomini e’lon qildi

Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaat qilmoqda.

Prezident 2023 yil nomini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb e’lon qildi.

«Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.

Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.

Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kiritildi: 11:25 20.12.2022. O'qildi: 6344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!