Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Ostonaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Ostonaga boradi

U yerda prezident "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi.

Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Szinpin bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqishadi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishadi.

Sammit doirasida Xitoy raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Kiritildi: 20:35 16.06.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!