Ijtimoiy tarmoqlarda yangi jonivor mashhur bo‘ldi. Bu shardek dumaloq Pito laqabli mushuk. Bir qarashda u ortiqcha vaznga egadek tuyiladi, biroq unday emas.
Pito haqida uning egasi Reddit’da so‘zlab berdi. U jonivor uchun alohida Instagram sahifasi ochib, u yerda mushuk umurtqasining rentgen tasviri bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Pitoda kuchli skolioz aniqlangan.
Foto: Instagram / @pitoethecat
Biroq bu kasallik mushukka hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Quyidagi foto uning boshqa mushuklardek hayot kechirayotganini ko‘rsatadi.