Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

"Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

17 iyun kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida SHHT Xartiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan "Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari, SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus, Ozarbayjon tahlil tuzilmalarining yetakchi yekspertlari hamda O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya SHHTning Yevroosiyoda, jumladan Markaziy Osiyoga alohida urg‘u bergan holda o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish uchun siyosiy platforma sifatidagi salohiyati haqidagi g‘oyalarni ilgari surish, shuningdek, bo‘lajak Samarqand sammiti chog‘ida tegishli tashabbuslar va takliflarni tayyorlashda foydalanish uchun Tashkilotni yanada tranformasiya qilishga doir yangi g‘oyalar va ekspertlar baholarini jamlash va umumlashtirish maqsadida tashkil etildi.

Anjumanda vedio murojaat hamda Tashkilotning mas’ul xodimlari onlayn konferensiyadan foydalanildi.

Konferensiya SHHT Milliy koordinatorlari hamda SHHTga a’zo davlatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar hamkorlik, terrorizmga qarshi kurash va boshqa sohalarga doir masalalar yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashish maydoniga aylandi.

Kiritildi: 10:08 18.06.2022. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!