Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Shanghayda dunyodagi eng yirik Legoland bog‘i 550 mln dollarga qurildi

Shanghayda dunyodagi eng yirik Legoland bog‘i 550 mln dollarga qurildi

5 iyul kuni Xitoyning Shanghay shahrida dunyodagi eng yirik Legoland mavzuli bog‘i ochiladi. 30 gektarlik maydonni egallagan park 550 mln dollarga tushdi va yiliga 2,5 mln turistni qabul qilishga mo‘ljallangan.

Yangi park Shanghayning janubi-g‘arbidagi Jinshan tumanida joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda LEGO brendi tarixidagi eng yirik va texnologik majmua hisoblanadi. U 318 ming kvadrat metr maydonni qamrab oladi va 8 ta alohida tematik hudud, 24 ta attraksion hamda 250 xonali hotelni o‘z ichiga oladi.

Parkda 85 millionta LEGO detallaridan yasalgan qariyb 3 000 ta yirik model mavjud. Ular orasida Shanghay shahrining miniatyurasi, interaktiv binolar, harakatlanuvchi qahramonlar va sensorli displeylar bor. Aniq signallarga javob beradigan konstruksiyalar, animatronika va 3D texnologiyalar yordamida bog‘ mehmonlari voqealar markazida bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

Tashrifchilar parkda tunda ham qolishlari mumkin — LEGO uslubida bezatilgan hotelda turli yoshdagi bolalar uchun alohida o‘yin maydonlari, kreativ jihozlar va tematik ovqatlar taklif etiladi. Bog‘dagi kafelar bolalar uchun LEGO qurilish to‘plamlari tarqatadi, suvenir do‘konlar esa eksklyuziv mahsulotlar sotuvini tashkil etgan.

Bog‘ga kirish chiptalari 40 dollardan boshlanadi. Mahalliy rasmiylarning ta’kidlashicha, Legoland Shanxayni oilaviy turizm markaziga aylantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning bir qismi hisoblanadi.

Muxlislar allaqachon test kunlari parkdagi barcha elementlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Muhandislar tizimlarni tekshirmoqda, xodimlar esa tajriba to‘plamoqda. Ochilish marosimi katta shov-shuv bilan o‘tishi kutilmoqda va bu bog‘ yaqin yillarda Osiyoning eng innovasion parki sifatida tanilishi mumkin.

Kiritildi: 19:31 24.06.2025. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!