Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Shahzoda Garri farzandlarini Britaniyaga olib kela olmayotganidan afsusda

Shahzoda Garri farzandlarini Britaniyaga olib kela olmayotganidan afsusda

Shahzoda Garri farzandlari va rafiqasini Buyuk Britaniyaga olib kelolmayotganidan afsusda ekanini bildirdi.

Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ular juda ko‘p narsani qo‘ldan boy berishmoqda. Men o‘z vatanimni sevaman va ba’zi odamlarning xatti-harakatlariga qaramay, doim sevganman. Bolalarga vatanimni ko‘rsata olmasligim juda achinarli," - deya ta’kidladi shahzoda Garri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u Buyuk Britaniyaga qaytib, oilasi bilan yarashmoqchi, biroq bunday imkoniyatni ko‘rmayapti, chunki qarindoshlari uni kechira olmaydi.

Kiritildi: 17:56 03.05.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!