Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shahrixon tumanida 4 sotix yer uchun texnik xulosa berish evaziga 500 AQSh dollari olgan mas’ul ushlandi

Shahrixon tumanida 4 sotix yer uchun texnik xulosa berish evaziga 500 AQSh dollari olgan mas’ul ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Katta Farg‘ona magistral kanali 2-Shahrixon bo‘limi boshlig‘i E.O‘. haydovchisi T.X. orqali fuqaro Z.ga Kanal bo‘limiga qarashli muhofaza hududidan 4 sotix yer maydoniga yengil konstruksiyali inshoot qurish uchun texnik xulosa olib berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:33 04.05.2021. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!