Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Shahrisabzda YPX xodimi bilan janjallashgan haydovchi kamaldi

A A A
Shahrisabzda YPX xodimi bilan janjallashgan haydovchi kamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida haydovchi va YPX xodimi janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

12 aprel kuni soat 17:40 larda fuqaro Q.M. Lacetti rusumli transport vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib, M-39 avtomobil yo‘lining Kitob-Shahrisabz yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Hamkor” rusumli motosikl bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan

Shu vaqtda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yo‘l-transport hodisasini prosessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini to‘xtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun “alkotester” tekshiruvidan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, YPX inspektorining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan

Mazkur holat yuzasidan Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi prosessual tartibda ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:07 25.04.2023. O'qildi: 2282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!