Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shahrisabzda IHT davlatlarining birinchi xalqaro etno-sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Shahrisabzda IHT davlatlarining birinchi xalqaro etno-sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

26 aprel kuni “Oq Saroy” majmuasi hududida “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlarining birinchi xalqaro etno-sport o‘yinlari” bo‘lib o‘tdi.

Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husrav Noziri, shuningdek, IHTga a’zo davlatlar delegasiyalari rahbarlari va yuqori martabali mehmonlari ishtirok etdilar.
Etnosport – an’anaviy o‘yinlar va mamlakatning boy merosini saqlashga yordam beradigan, turizm va sportni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan sport tadbiri.

Festival etnosport o‘yinlari ishtirokchilarining faxriy yurishi bilan boshlandi.

Sport musobaqalarida Pokiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar kamondan otish, belbog‘li kurash, mas-restling, otda kurash, tosh ko‘tarish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Yosh polvonlarning ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilgan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Kiritildi: 09:57 27.04.2024. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!