Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shahrisabz shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Shahrisabz shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.YU. va boshqalar fuqarolar I.X., K.H. va M.YO.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Shahrisabz shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilishib, evaziga jami 3 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarning to‘liq qaytarilishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!