Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shahrisabz shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

A A A
Shahrisabz shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri bo‘limi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.N.ning Shahrisabz shahri "Turon" MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tegishli hujjatlari bo‘lmagan xorijda ishlab chiqarilgan 752 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:09 19.07.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!