Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shahram G‘iyosovning chempionlik jangi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkin

Shahram G‘iyosovning chempionlik jangi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkin

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga promouterlik savdosini e’lon qilgan edi.

Ushbu jang O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federasiyasi xabar qilmoqda.

“Ayni paytda WBA chempionlik kamari uchun kechadigan ushbu jangni yurtimizda o‘tkazish uchun promouterlar muzokaralarni boshlagan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini, bir nafari Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi.

G‘iyosov bugungacha 16 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.

Litvalik Eymantas Stanionis professional boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan.

Kiritildi: 11:37 04.11.2024. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!