Shuningdek, bokschi ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun uzr ham so‘radi.
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschi Shahram G‘iyosovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Bokschiga 1 mln 125 ming so‘m jarima tayinlandi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Ma’lumot uchun, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqalgan va bu keng jamoatchilikning keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
Holat Ekologiya vazirligi ekologik nazorat inspeksiyasi va IIV xodimlari tomonidan o‘rganilib, video ishtirokchilari va tashkilotchilardan tegishli tushuntirish xatlari olindi. Shuningdek, ayiq Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.
G‘iyosov uzr so‘rab, bunday holat boshqa takrorlanmasligini ta’kidlagan.