Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antalya «Katta dubulg‘a» turnirida o‘zining dastlabki medaliga ega chiqdi. -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda tojikistonlik Abubakr Sherovdan ustun keldi. Bu natija Ahadovga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 500 ochko taqdim etadi.
—