19 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ba’zi telekanallarning translyasiya tarmoqlarida chet el filmlari va seriallarining ulushi yuqori ekanligi tanqid qilingandi.
«Sevimli TV» telekanali 29 yanvardan Turkiyaning "Qanotsiz qushlar" serialini efirga uzatishni to‘xtatdi. Ushbu serial 2019 yilning iyun oyidan buyon namoyish etilayotgandi. So‘nggi bir yarim yil ichida o‘zbekistonlik teletomoshabinlar serialning 91 qismini tomosha qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
Telekanal xodimi serialning to‘xtatilishini "eshittirish tarmog‘ini yangilash" bilan izohladi.
Turk seriallari o‘zbek telekanallari efiridan olib tashlangan birinchi holat emas. "Poytaxt Abdulhamid" tarixiy serialining o‘tgan yil yozida efirdan olinishi ham tomoshabinlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Avvalroq, «Sevimli TV» telekanali Turkiyaning yana bir seriali – "Chuqur"ni ham efirga berishni to‘xtatgan, buni zo‘ravonlik sahnalari ko‘pligi bilan izohlagandi.