Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Seuta meri shahardagi vaziyatni chidab bo‘lmas deb atadi

Seuta meri shahardagi vaziyatni chidab bo‘lmas deb atadi

Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi eksklavi — Seuta shahri meri va prezidenti Xuan Xesus Vivas migrasiya inqirozi tufayli shahardagi vaziyatni chidab bo‘lmas deb baholadi. U Madriddagi markaziy hukumatning loqaydligi sababli mahalliy aholi o‘zini butunlay tashlab qo‘yilgandek his qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Ispaniya OAVlariga tayanib xabar berdi.

Hozirgi vaqtda Seuta shahrida 10 mingga yaqin noqonuniy migrant qolmoqda. Iyul oyi oxirida Marokash tomondan boshlangan kuchli migrasiya to‘lqini natijasida shaharga 72 mingga yaqin muhojir kirib kelgan bo‘lib, ularning 70 mingga yaqini ortga qaytarilgan. Shunga qaramay, qolgan migrantlar oqimi shahardagi kundalik hayotga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mer Vivasning ta’kidlashicha, Marokash bilan chegaraning zaifligi aholida xavotir va g‘azab uyg‘otmoqda, AQSh yoki Yevropa Ittifoqi darajasidagi markaziy ijro hokimiyatining munosabati esa yuzaga kelgan inqiroz ko‘lamiga aslo mos emas.


Kiritildi: 18:50 11.08.2026. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!