Moskva Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z qo‘shinlarini yuborish evaziga Shimoliy Koreyaga havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini yetkazib berdi.
Bu haqda Janubiy Koreya milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Shin Von Sik SBS telekanali efirida ma’lum qildi.
"Shimoliy Koreya zaif havo mudofaa tizimini mustahkamlash uchun tegishli jihozlar va zenit-raketalarni oldi", — dedi rasmiy.
Shuningdek, u Shimoliy Koreya o‘zining sun’iy yo‘ldosh dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun katta ehtimol bilan Rossiya Federasiyasidan harbiy texnologiyalar olishini qo‘shimcha qildi.