Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Serxio Aguero “Barselona”dan pul talab qilmoqda

Serxio Aguero “Barselona”dan pul talab qilmoqda

Serxio Aguero “Barselona”dan 3 million yevro talab qilmoqda.

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi klub unga bir mavsum uchun maoshini to‘lab berishi kerak deb hisoblaydi.

2021 yil yozida Aguero shartnomasi yakuniga yetgani uchun “Manchester Siti”ni tark etib, kataloniyaliklar safiga o‘tgan edi va 2 yillik shartnoma imzolagandi. U “ko‘k-anorranglilar” safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilgan.

O‘sha yilning oktyabr oyida La Liga doirasida “Alaves”ga qarshi o‘yinning (1:1) 41-daqiqasida Serxio ko‘kragida noxushlikni his qilgani uchun maydonni tark etgandi. Shundan so‘ng klub Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar sababli 3 oy maydonga tushmasligini ma’lum qilgandi. 15 dekabr sanasida esa futbolchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.

Aguero ikkinchi mavsum uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan pullardan to‘liq voz kechgan va birinchi mavsum uchun pullar to‘lab berilishi kutmoqda. “Barselona” uning talabiga rozi bo‘lgan, biroq 3 million yevroni sug‘urta orqali to‘lamoqchi bo‘lgan.

Sug‘urta kompaniyasi esa Aguero “Barselona”ga o‘tishidan oldin yuragi bilan bog‘liq muammosi bo‘lganini aytib, to‘lovni qilishdan bosh tortdi. Futbolchi tomon esa bunga qo‘shilmagan va ispan klubiga o‘tishidan oldin bunday muammo bo‘lmaganini ta’kidlagan.

“Ko‘k-anorranglilar” Agueroga pulni to‘lamagan va bir muddat vaqt o‘tib, futbolchi klubni sudga bergan. Hozircha sud jarayoni boshlanmagan, Aguero esa bu masalani ortiqcha shovqinlarsiz hal qilmoqchi.

Kiritildi: Bugun 10:23. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!