Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Sergey Lebedevga Qozog‘istondan yangi o‘rinbosar keldi

Sergey Lebedevga Qozog‘istondan yangi o‘rinbosar keldi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev MDH Ijroiya qo‘mitasi xodimlariga o‘zining yangi o‘rinbosari, Qozog‘iston Respublikasi vakili Nurlan Seytimovni tanishtirdi. Bu haqda Kazinform agentligi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.

Nurlan Seytimov MDH Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida Dauren Abayev o‘rnini egalladi.

N.Seytimov 1964 yil 9 iyulda tug‘ilgan. Semipalatinsk texnologiya institutini va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston davlat milliy universitetini tamomlagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Siyosiy fanlar nomzodi, nemis tilini biladi.

Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik darajasiga ega.

Kiritildi: 17:30 25.04.2024. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!