Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi 15-16 yanvarga qoldirildi

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi 15-16 yanvarga qoldirildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi bir necha kunga surildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida ma’lum qilinishicha, 9 yanvarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirining Toshkentga rasmiy tashrifi sanasi 12-13 yanvardan 15-16 yanvarga ko‘chirilgan. 

Tomonlar muloqot davomida, shuningdek, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi joriy masalalar bo‘yicha fikrlar almashishgan.

Lavrovning O‘zbekistonga tashrifining avval kelishilgan dasturining asosiy bandlari o‘zgarishsiz qoladi.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekistonga 5-6 yanvarga belgilangan tashrifi keyinroqqa qoldirilgandi.

Kiritildi: 11:05 10.01.2020. O'qildi: 1861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!