Sergelidagi fojia yuzasidan hukumat komissiyasi ish boshladi. Bu xaqda Senat raisi Tanzila Narbayeva ma’lum kildi.
"Davlatimiz Rahbarining topshirig‘iga binoan holat bo‘yicha zudlik bilan Hukumat komissiyasi ish boshladi.
Hozirda komissiya holat sabablarini o‘rganish va talafotlarni bartaraf etish, jumladan jabrlanganlarga har taraflama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ishonamizki, tez fursatlarda xodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etiladi", dedi u.