Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar S.S. va G.A.lar yakka tartibdagi tadbirkorlar B.K. va M.M.ga tegishli qurilish ishlarida qo‘llaniladigan yangi metalldan ishlangan umumiy bahosi 285 mln so‘mlik qoliplarni (opalubka) ijaraga olishib, ijara pullarini bermasdan, qoliplarni boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.