Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sergelida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi

Sergelida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “F.F.” xususiy korxonasi rahbari J.R. fuqaro B.ga 1 dona “Tropikamid” va 2 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini jami 145 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, korxonaga qarashli dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 378 dona “Zardeks”, 165 dona “Regapen”, 21 dona “Selofen”, 20 dona “Tropikamid” va 11 dona “Galara Pregabalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:30 15.09.2021. O'qildi: 1798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!