16 may kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida bir-biriga tutash ikki uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, yong‘in soat 14:05 da boshlangan va 15:03 da to‘liq bartaraf etilgan. 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.