Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.G. yashash xonadonida 3 dona qo‘lbola usulda yasalgan isitish moslamasini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 393,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Shirin shahri, Furqat va Kattaqo‘rg‘on tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar M.M. va I.T. hamda YATT R.X. umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga elektr jihozlarini hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 363 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.