Serbiyada yuzlab talabalar prezident Aleksandr Vuchich va uning “Serbiya Taraqqiyot Partiyasi” siyosatiga qarshi namoyishga chiqdilar.
Poytaxt Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan namoyish Noviy Sad temir yo‘l vokzalining tomi qulab tushishi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan fojia bilan bog‘liq. Mamlakat bo‘ylab bir necha kundan beri namoyishlar davom etmoqda.
Talabalar hukumatdan vokzal rekonstruksiyasi bilan bog‘liq hujjatlarni e’lon qilishni va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.