Bu haqda Serbiya rahbari ma’muriyati rasmiy saytida e’lon qilingan press-relizda ma’lum qilindi.
"Aleksandr Vuchich 11 iyun kuni bir kunlik tashrif bilan Odessaga boradi va u yerda “Ukraina — Janubi-Sharqiy Yevropa” sammitida ishtirok etadi. Ushbu sammit xavfsizlik masalalariga, xususan Qora dengizda xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan", deyiladi xabarda.
Vuchich 2025 yil 9 may kuni Rossiyada o‘tkazilgan bayram tadbirlarida qatnashish uchun Moskvaga borgan edi. Biroq uning samolyoti Latviya va Litva havo hududidan o‘ta olmagani sababli Qozog‘iston orqali uchishga majbur bo‘lgandi.